 |
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika
institutida «Maktabgacha tarbiya» fakul`teti 1990-yili tashkil
etilgan. Fakul`tetda prof. J.Narimbetov, prof. U.Aleuov,
prof. O.Dospanov, dots. T.Xalmuratov, dots. D.Tajimuratov,
dots. P.Najimov, p.i.k. Q.Seytmuratovlar dekanlik vazifasini
bajargan. Hozirgi kunda «Maktabgacha tarbiya» fakul`tetini
dots. K.Jaqsûmuratov boshqarib kelmoqda.
Fakul`tetda 48 professor-o`qituvchi bo`lib, shulardan 2
professor, 12 fan nomzodi va dotsentlar talabalarga ta`lim
berib kelmoqda. 12 tadan ortiq o`qituvchi mustaqil tadqiqotchi
sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Fakul`tetimizda bakalavr yo`nalishi bo`yicha 720 talaba
tahsil oladi, shulardan 342 ta talaba davlat grant asosida,
378 ta talaba to`lamli shartnoma asosida ta`lim olmoqda.
Fakul`tetda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida
zamonaviy ta`lim-tarbiya berishda har tomonlama barkamol
shaxsni rivojlantirishda zamon talabiga mos bo`lgan talabalarni
o`qitishda professor-o`qituvchilar bir qancha ishlarni amalga
oshirilmoqda.
Institutning ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha fakul`tet
professor-o`qituvchilari va talabalari faol qatnashib kelmoqda.
Bundan tashqari Respublika va institut miqyosida o`tkaziladigan
barcha tadbirlarda fakul`tet jamoasi o`z kontsert dasturlari
bilan ishtirok etmoqda. Har yili o`tkaziladigan «Quvnoqlar
va zukkolar» ko`rik tanlovida oldingi o`rinlarni egallab
kelmoqda.
|